Yoshlar kuni munosabati bilan IIV akademiyasida “Mutolaa zavqi” mavzuida tadbir o‘tkazildi.
Unda kitob va kitobxonlikning inson kamolotidagi o‘rni, bu haqda buyuk ajdodlarimiz ilgari surgan fikr va g‘oyalar, yurtimizda kitobxonlikni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida mulohaza yuritildi.
Kitob mutolaasi ma’naviy yetuklikning muhim belgisi ekanligi, ichki ishlar organlari xodimlari, ayniqsa tizimning ertangi poydevori bo‘lgan kursant yoshlar uchun kitob o‘qish eng sevimli mashg‘ulotlardan biri bo‘lishi kerakligi aytib o‘tildi
Shu kuni kursant yoshlar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar yuzasidan fikr almashdilar. Tadbir davomida “Zakovat” intellektual o‘yini uyushtirilib, yoshlarning bilimdonligi sinovdan o‘tkazildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmat