Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Korrupsiya – kasbga xiyonatning oliy ko‘rinishi

10 Fevral 2026, 22:20

180

Yosh avlodda korrupsiyaga qarshi xulq-atvorni erta shakllantirish kelajak sari mustahkam poydevor yaratadi.

IIV akademiyasida Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining Ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbir ana shu maqsadda tashkil qilindi.

Kunduzgi ta’lim birinchi bosqich kursantlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda korrupsiyaning jamiyat hayoti va taraqqiyotiga salbiy ta’siri, ijtimoiy-huquqiy oqibatlari, ushbu illatga murosasiz munosabatni shakllantirish yo‘llari, bu o‘rinda ichki ishlar xodimlari, ayniqsa akademiyada ta’lim olayotgan kursant yoshlardan talab qilinadigan eng muhim fazilatlar haqida so‘z bordi.

Uchrashuv yakunida kursantlar “Nafsning so‘nggi manzili” filmini tomosha qilib, korrupsiyaning inson taqdirini tubdan o‘zgartirishga qodir jirkanch illat ekanligiga yana bir karra amin bo‘ldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech