Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Korrupsiya ma’naviy tubanlikdir

17 Oktyabr 2025, 10:10

64

IIV akademiyasining magistratura tinglovchilari uchun profilaktik ahamiyatga ega tadbir o‘tkazildi.

Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining Ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi tashabbusi bilan tashkil qilingan tadbirda korrupsiya va uning ayanchli oqibatlari xususida so‘z bordi.

Korrupsiya mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi, jamiyatda adolatsizlikning avj olishiga olib keluvchi illat ekanligi, korrupsiyaviy omillar tufayli fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchi yo‘qolib, huquqiy mexanizmlar izdan chiqishi ta’kidlandi.

Keyingi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish barcha sohalarda eng ustuvor vazifa etib belgilangani, bu borada ichki ishlar organlari tizimida ham izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotgani, biroq ayrim nopok xodimlar tomonidan tamagirlik, mansabni suiiste’mol qilish va boshqa shu kabi jinoyatlar sodir qilinayotgani, ularga nisbatan keskin choralar ko‘rilayotgani aytib o‘tildi.

Tadbirda korrupsiya bilan bog‘liq ayrim holatlar keltirilib, tinglovchilarga qat’iy talablar yetkazildi. “Jamoada sog‘lom muhitni qaror toptirish rahbarlarga bog‘liq. Ertaga qayerda, qanday lavozimda ishlamang, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasligingiz, ma’naviy fazilatlaringiz bilan shaxsiy tarkibga namuna bo‘lishingiz shart”, – dedi ShXBB bo‘lim boshlig‘i O‘tkirbek Qosimov.

Shu kuni “Nafsning so‘nggi manzili” nomli videorolik namoyish etildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech