Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat – uşbu illatga barham beradi

18 Aprel 2025, 21:28

1072

IIV akademiyasida “Huquqni muhofaza qiliş organlarida korrupsiyaga qarşi kuraşişning taşkiliy va huquqiy asoslarini takomillaştiriş” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya taşkil etildi.

Manfaatdor idoralar, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda taşkil qilingan konferensiyada korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi işlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Soha vakillari, olim va muxatassislar iştirok etgan tadbirda “Korrupsiyaga qarşi kuraşişning zamonaviy strategiyasi”, “Içki işlar organlari xodimlarida korrupsiyaga qarşi xulq-atvorni şakllantiriş”, “Korrupsiyaga qarşi kuraşişda jamoatçilik iştiroki: milliy va xorijiy tajriba”, “Noqonuniy boylik orttirganlik uçun javobgarlikni belgilaş zarurati”, “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimida sudlarning roli” va boşqa mavzularda ma’ruzalar qilindi.

Jamiyatda korrupsiyani oziqlantiruvçi illatlarga barham beriş, davlat xizmatçilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va unga qarşi kuraşiş böyiça ijobiy xulqni şakllantiriş, korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari faoliyatini tamomillaştiriş, korrupsiyaning oldini olişning yangi mexanizmlarini joriy etiş, taşkiliy va huquqiy asoslarini takomillaştiriş yuzasidan taklif hamda mulohazalar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech