Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kriminogen omillar barataf etilmoqda

7 Fevral 2026, 19:28

100

Poytaxtimizda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan ishlarning amaliy natijasi Chilonzor tumanidagi “Novza”, “Navbahor” mahallalarida ham namoyon bo‘lmoqda.

IIV akademiyasi ishchi guruhi rahbari, polkovnik Baxtiyor Rajabovning aytishicha, hududlarni kameralashtirish, tashvish tugmalari va yoritish moslamalari bilan ta’minlash orqali mahallalarda xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda. Joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil qilinib, jismoniy va texnik qo‘liqlovga olish ishlari jadallashtirilyapti.

Mahallalarga ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari bilan birga, kunduzgi ta’limning 3-o‘quv kursi kursantlari ham jalb qilingan. “Jinoyat o‘choq”lari, aholi gavjum joylarga patrullik guruhlarining yo‘naltirilgani jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar bo‘yicha korxona, tashkilot va muassasalarga taqdimnomalar kiritilib, ularning ijrosi nazoratga olinmoqda. Aholi muammolari o‘rganilib, manzilli chora-tadbirlarning amalga oshirilayotgani jinoyatchilikni jilovlash imkonini bermoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech