Şu kunlarda Içki işlar vazirligi akademiyasi professor-öqituvçilari poytaxtimiz va Toşkent viloyatining 8 ta tumanida iş olib bormoqda.
Işçi guruhlar zimmasiga hududlarning kriminogen vaziyatini ilmiy yondaşuvlar asosida kompleks örganiş va mavjud muammolarni hududiy içki işlar organlari bilan hamkorlikda bartaraf etiş vazifalari yuklatilgan.
Örganişlar davomida sodir etilgan jinoyatlarning sabab va şaroitlari bilan bir qatorda, kriminogen vaziyatga salbiy körsatayotgan omillarga alohida e’tibor qaratilyapti. Bundan taşqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikni jilovlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar tahlil qilinib, natijadorligi baholanmoqda.
Aholini muammolarini hal etiş, fuqarolarimiz osoyiştaligini ta’minlaşda “mahalla yettiligi”ning alohida örni bor. Mazkur tizimning samarali yölga qöyilgani köplab masalalarni joyida hal etiş imkonini bermoqda. Şu bois, hududlarni örganiş jarayonida “qizil” toifadagi mahallalarda ham tizimli işlar amalga oşirilyapti. Mavjud holat faollar iştirokida muhokama qilinib, mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantiriş çoralari körilmoqda.
– Jinoyatçilikni örganişda har bir hududning öziga xos xususiyatini inobatga oliş lozim, – deydi Bektemir tumaniga biriktirilgan işçi guruh rahbari, podpolkovnik Bekzod Umrzoqov. – Hududlarning kriminogen vaziyatini tahlil qiliş natijasida aksariyat jinoyatlarga huquqbuzarlik sodir etiş ehtimoli yuqori bölgan şaxslar qöl urayotgani ayon bölmoqda. Bu esa aholi örtasida manzilli profilaktik çora-tadbirlar samaradorligini yanada kuçaytirişni taqozo etadi.
Jinoyatçilikni jilovlaşda huquqiy tarğibot tadbirlari ta’sirçan vositalardan biri sanaladi. Ayni maqsadda mahallalar va ta’lim muassasalarida uçraşuvlar taşkil qilinib, jinoyat sodir etişning huquqiy oqibatlari atrofliça tuşuntirilmoqda. Ayniqsa umumta’lim maktablarida ötkazilayotgan tadbirlar yoşlarning huquqiy ongini yuksaltiriş, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga qiziqtiriş, turli yot illatlardan ogohlikka çorlaşda ayni muddao bölmoqda.
Aytiş joizki, kriminogen vaziyatini barqarorlaştiriş yölida olib borilayotgan işlarga akademiya magistraturasi tinglovçilari va kunduzgi ta’lim kursantlari ham faol jalb qilingan. Hamkorlikda amalga oşirilayotgan profilaktik tadbirlar jamoat tartibini saqlaş, sodir etilişi mumkin bölgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, eng muhimi, aholi osoyiştaligini ta’minlaşga xizmat qilmoqda.
IIV akademiyasi Axborot xizmati