Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha dolzarb vazifalar muhokama qilindi

22 Iyul 2026, 22:26

43

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida har bir hududga mas’ul rahbarlarning biriktirilgani tizim samaradorligida muhim omil bo‘lmoqda.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov poytaxtimizning Sergeli tumanida bo‘lib, davlatimiz rahbari qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shu kuni “Eshonbuloq” va “Sadoqat” mahallalarida xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatchilikni jilovlash, aholi bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini hal qilish borasidagi ishlar atroflicha o‘rganildi. “Yo‘l xarita”lar ijrosi yuzasidan mas’ullar va “mahalla yettiligi” vakillarining axboroti tinglandi.

Akademiya boshlig‘i mahallalarning ayni paytdagi kriminogen vaziyatini tahlil qilib, jinoyatchilik omillariga butunlay barham berish kerakligini ta’kidladi. Buning uchun profilaktik ishlar qamrovini oshirish, oilalardagi maishiy muhitni yaxshilash, alohida toifadagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish zarurligi qayd etildi.

O‘rganishlar chog‘ida ko‘p sodir etilayotgan jinoyatlarga alohida e’tibor qaratildi. Mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi tomonidan asosan o‘g‘irlik bo‘yicha murojaatlar kelib tushayotganini inobatga olib, hududlarga qo‘shimcha kameralar o‘rnatish, fuqarolarning ogohligi va mas’uliyatini kuchaytirish, xavfsiz ko‘cha va uylarni tashkil etish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish choralarini ko‘rish borasida topshiriq berildi.

Bundan tashqari, ikkinchi chorak uchun mo‘ljallangan “yo‘l xarita”lar ijrosini sifatli ta’minlash, “ilmiy xulosa – tavsiya – natija” tamoyili asosida amaliyotga samarali yondashuvlarni tatbiq etish, “qizil” toifadagi hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech