Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kursant yoşlar bilan oçiq muloqot ularning işonç va qat’iyatini mustahkamladi

30 Avgust 2025, 19:51

1338

IIV akademiyasi boşliği kunduzgi ta’lim 1-öquv kursiga qabul qilingan kursantlar bilan muloqot qildi.

Uçraşuvda mamlakatimiz hayotida röy berayotgan keng kölamli islohotlar, içki işlar organlari tizimidagi ijobiy özgarişlar, soha uçun bilim va salohiyatli kadrlar tayyorlaş yölida amalga oşirilayotgan yangilanişlar, kursantlarning zamon talablari darajasida ta’lim olişi uçun yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlar haqida söz bordi.

Keyingi yillarda akademiyada ta’lim jarayonlari tubdan isloh qilingani, kursantlarning nazariy bilimini amaliy könikmalar orqali mustahkamlaş maqsadida dual tizimda öqitiş, hududiy içki işlar organlari bilan hamkorlikda mahorat darslarini taşkil etiş, maşğulotlarga xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş va boşqa yangiliklar keng joriy etilgani qayd etildi.

Öquv dargohi rahbari Yangi Özbekistonning buguni va ertangi kuni yuksak bilimli yoşlar qölida ekanligini, katta hayotga kirib kelayotgan yoş avlod vakillari ana şu mas’uliyat va işonçni doimo his qilgan holda mamlakatimizning fidoyi kadrlari bölişi kerakligini ta’kidladi.

– Akademiyada öqiş har bir yigit-qizdan bilim, şijoat, vatanparvarlik va mardlikni talab qiladi. Sizlar Yangi Özbekistonning istiqboli porloq yoşlari sifatida ona Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilişdek şarafli kasbni tanlagansiz. Öqiş davomida kasbiy bilim va amaliy könikmalarni puxta egallab, çinakam xalqparvar içki işlar organi xodimi bölib şakllanişingiz zarur, – dedi akademiya boşliği Rustam Xatamov.

Tadbirda yoşlarga zarur tavsiyalar berildi. Öquv va xizmat intizomiga qat’iy rioya qiliş har bir kursant faoliyatining kundalik mezoniga aylanişi kerakligi aytib ötildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech