Keça poytaxtimizdagi “Yangi Özbekiston” boğida “Men ğolib” yuguriş musobaqasi bölib ötdi.
Qurolli Kuçlarimiz taşkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan taşkil qilingan tadbirda yurtdoşlarimiz faol iştirok etdi. Musobaqa 3 va 10 kilometrlik masofalarda ötkazildi. Sovrindorlar erkak va ayollar örtasida yakkalik va jamoaviy tarzda aniqlandi.
Bahslarda Içki işlar vazirligi akademiyasi kursantlari ham munosib qatnaşişdi. Jamoamiz a’zolaridan I. Bekmirzayeva, S. Karabayeva va M. Narzullayeva 10 kilometr masofani birin-ketin bosib ötib, şohsupadan joy oldi. Bundan taşqari, atlet qizlarimiz jamoaviy bahslarda ham özlarini körsatib, faxrli birinçi örinni egalladilar.
Vatanparvarlik, şijoat va soğlom hayot tarzini tarğib qilgan musobaqa sönggida sovrindorlar munosib taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati