Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Litsey o‘quvchilari akademiya hayoti bilan tanishdi

21 May 2026, 20:19

37

Yoshlar kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida vazirlikning 1-son akademik litseyi o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

O‘quvchilar Axborot-resurs markazi, saf maydoni, o‘quv auditoriyalari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, sport majmuasi hamda Harbiy tayyorgarlik kafedrasi faoliyati bilan tanishdilar. Ularga ta’limdagi yangilanishlar, kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jangovar va jismoniy tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumot berildi. Ayniqsa, akademiya tarixi muzeyidagi eksponatlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir motivatsion ruhda o‘tib, o‘quvchilar ta’lim maskani hayoti bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech