Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Mahallalar osoyishtaligi uchun barchamiz mas’ul

7 Fevral 2026, 20:10

116

Ma’lumki, Prezidentimizning joriy yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori mahallalarda xavfsiz muhit yaratish orqali xalqimizning tushmush farovonligini oshirishga qaratilgan.

Qaror asosida IIV akademiyasiga poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidan beshta mahalla biriktirilgan.

Mazkur mahallalar uch yildan buyon “qizil” toifada qolayotgani bois, jinoyatchilikni jilovlash yaxlit tizim asosida tashkil etilmoqda. Mas’ullar, “mahalla yettiligi” tizimi vakillari, akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan aholini tashvishga solayotgan har bir muammo o‘rganilib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

O‘rganishlar davomida “Ahillik”, “Beshkapa”, “Elobod”, “Sayram” va “Shahrisabz” mahallalarida 30 dan ziyod “jinoyat o‘choq”lari aniqlanib, kuch va vositalarning asosiy qismi mazkur hududlarga yo‘naltirildi. Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida hududlarga zamonaviy kameralar o‘rnatilib, ichki ishlar organlariga integratsiya qilindi. Ko‘p qavatli uylar, jamoat joylari tashvish tugmalari bilan ta’minlanib, 50 dan ortiq xonadon va obyektlar qo‘riqlovga olindi.

Bundan tashqari, “xonadonbay” o‘rganishlar natijasida ijtimoiy profilaktika obyektlari aniqlanib, “mahalla yettiligi” tizimiga noma-nom biriktirildi. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga himoya orderlari rasmiylashtirildi.

Hozirda “mahalla yettiligi” xodimlari bilan hamkorlikda “yo‘l xarita”larda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha yangi taklif va tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish ishlari olib borilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech