Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Magistratura tinglovchilari Xitoy tajribasini o‘rgandi

14 Iyul 2026, 18:00

85

IIV akademiyasida kadrlar tayyorlashning sifat jihatdan yangi tizimi joriy qilingani ta’lim oluvchilar uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishga keng yo‘l ochmoqda.

Yaqinda magistraturaning “tashkiliy-taktik boshqaruv” va “tashkiliy-strategik boshqaruv” mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan tinglovchilar Xitoy davlatida bo‘lib, zamonaviy boshqaruvga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirib qaytdilar.

Xorij safari davomida vakillarimiz uchun Xitoy jamoat xavfsizligi universitetida politsiya tuzilmalarini boshqarish, terrorizm, ekstremizm, kiber va narkojinoyatlarga qarshi samarali kurashish, ommaviy tadbirlarda kuch va vositalarni muvofiqlashtirish, faoliyatga raqamli texonologiyalar va boshqaruvning innovatsion modellarini joriy qilish hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarda interfaol mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

Shu bilan birga, tinglovchilar poytaxt Pekin hamda Shanxay shaharlari politsiya idoralarida jamoat xavfsizligini ta’minlash, kriminogen vaziyatni tahlil qilish, jinoyatlarni tezkorlik bilan fosh etish, sudga qadar ish yurituvida protsessual harakatlar samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalanish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or jihatlarni o‘rgandilar. Mahalliy mutaxassislar bilan sohadagi tendensiyalar yuzasidan fikr almashdilar.

O‘quv kursi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda Jamoat xavfsizligi universiteti vitse-prezidenti Liu Dong Hua o‘zaro hamkorlik memorandumi tajriba almashinuvini kengaytirish, kadrlar malakasini oshirish va ikki mamlakat o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlab, tinglovchilarga sertifikatlarni topshirdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech