IIV Akademiya magistraturasi tinglovçilari bilan Rossiya Federatsiyasi IIV Boşqaruv Akademiyasi professor-öqituvçilari tomonidan onlayn maşğulot ötkazildi.
Yuqori saviyada taşkil etilgan maşğulotda Rossiya Federatsiyasi IIV Boşqaruv Akademiyasi IIO faoliyatini taşkil etiş kafedrasi professori, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Igor Zaxvatov, uşbu kafedra dotsenti, yuridik fanlar nomzodi Aleksandr Ulyanov hamda Psixologiya, pedagogika va xodimlarni boşqariş kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi, politsiya polkovnigi Yuliya Koftinalar öz ma’ruzalari bilan qatnaşdi.
Maşğulot davomida rossiyalik mutaxassislar tomonidan “Boşqaruv qarorlarini işlab çiqiş, qabul qiliş va ijrosini taşkil etiş”, “Içki işlar organlarida boşqaruv qarorlari, turlari, şakllari, tuzilişi va mazmuni” va “Xodimlarni boşqarişda kadrlar texnologiyalari” mavzulari keng yoritib berildi.
Mazkur maşğulotda tinglovçilar özlarining içki işlar organlarida boşqaruv qarorlari turlari, ular ijrosini taşkil etiş, nazorat qiliş, boşqaruv jarayonlarida kadrlar bilan işlaş texnologiyalari böyiça ilğor tajribalarni örganib, uşbu mavzulardagi bilimlarini yanada mustahkamladi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati