Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

“Mahalla yettiligi” uchun seminar-trening

25 Mart 2026, 18:35

73

Shu kunlarda poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yangihayot tumanlarida “mahalla yettiligi” xodimlari uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Tizimning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan mashg‘ulotlarga mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari hamda profilaktika inspektorlari jalb qilingan.

Seminar-treningda xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan dolzarb mavzular qamrab olingan bo‘lib, mashg‘ulotlar manfaatdor vazirlik va tashkilotlar, sud-huquq tizimi vakillari, shuningdek qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan interfaol yondashuvlar asosida olib borilmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhokama qilish, ularning yechimlari bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish, strategik maqsad va vazifalarni belgilab olish hamda amalga oshirish, tizimga yangi yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan uchrashuvlar ham tashkil etiladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, seminar-trening natijadorligini oshirish maqsadida xodimlarning bilim va ko‘nikmalari sinovlar orqali baholab boriladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech