Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Mahalla yettiligi” uchun o‘quv-seminar

03 Aprel 2024, 09:04

267

Jizzax viloyati bo‘ylab “mahalla yettiligi” tizimi vakillari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

O‘quv yig‘inlari “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida “qizil” toifadagi mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash va ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

Sayyor mashg‘ulotlar hududiy ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Aytish joizki, o‘tgan vaqt mobaynida viloyatning Do‘stlik, Arnasoy, Zafarobod, G‘allaorol, Baxmal va Mirzacho‘l tumanlarida sayyor mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Mahalla vakillari “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida faoliyatni tashkil etish, hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy profilaktika ob’ektlari bilan tizimli ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikma oshirdilar.

O‘quv-seminarlari davom ettirilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech