Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Mahalladagi muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

16 Mart 2026, 22:04

28

IIV akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Beshkapa” mahallasining kriminogen vaziyatini o‘rgandi.

Dastlab mas’ullar, “mahalla yettiligi” vakillari va faollar ishtirokida choraklik “yo‘l xarita”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosi muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan tegishli qarorlari bilan mahallaga tajribali professor-o‘qituvchilar biriktirilgan.

Ishchi guruh tomonidan keyingi uch davomida sodir qilingan 28 ta jinoyatning asl omillari ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganildi. Kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan “jinoyat o‘choqlari” aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Shunga ko‘ra, hududlarga 13 ta zamonaviy kamera, 11 ta tashvish tugmasi o‘rnatilib, xavfsizlik choralari kuchaytirildi. 350 dan ziyod turar joy, tashkilot va muassasalar texnik qo‘riqlovga olindi. Ijtimoiy profilaktika doirasida 89 nafar shaxs aniqlanib, “mahalla yetttiligi”ga biriktirildi.

Kriminogen xavfi yuqori joylarda jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida patrullik guruhlari tashkil qilinib, aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Muhokama jarayonida mahalladagi muammolar, oila-turmush doirasidagi jinoyatlar, ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan olib borilayotgan manzilli chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Akademiya boshlig‘i aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini muntazam o‘tkazib borish, hududlarni kameralashtirish, profilaktika inspektori va fuqarolar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, murojaatlarga tizimli yondashish zarurligini qayd etdi.

Bundan tashqari, mahalladagi kriminogen omillardan kelib chiqib keyingi muddat uchun mo‘ljallangan manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqish, jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha hudud tajribasini yaratish, mahallani “qizil” toifadan chiqarish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech