Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Mahkumlar huquqlariga bag‘ishlandi

26 Mart 2026, 21:55

64

IIV akademiyasida mahkumlar huquqlarini takomillashtirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan anjumanga Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari vakillari, Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti olimlari, shuningdek jazoni ijro etish muassasalaridan boy amaliy tajribaga ega xodimlar taklif etildi.

Konferensiyada chiqish qilganlar Mahkumlar huquqlariga doir jinoyat-ijroiya qonunchilik normalarini takomillashtirish”, “Probatsiya nazorati ostidagi shaxslar huquqlarini ta’minlashda raqamlashtirishning ahamiyati”, “Mahkumlarning mehnat qilishdagi huquqlari va majburiyatlarini takomillashtirish”, “Probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish jarayonlari” va boshqa mavzularda ma’ruza qildidi.

Soha mutaxassislari tomonidan jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar huquqlari bilan muammolarning yechimlariga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech