IIV akademiyasining Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakulteti tomonidan shu mavzuga bag‘ishlangan intellektual bellashuv o‘tkazildi.
Yoshlarning kasbiy bilimini mustahkamlash, huquqiy madaniyati va mas’uliyatini oshirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda kunduzgi ta’limning 2-bosqich kursantlari qatnashdi.
Bellashuv munozaralarga boy o‘tdi. Ishtirokchilar “Jamoaviy o‘yin”, “Kazuslarni yeching”, “Komandirlar bellashuvi” shartlari orqali ma’muriy huquqqa oid bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Malakali professor-o‘qituvchilardan iborat hakamlarning qarori bilan yakunda Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakulteti kursantlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati