Içki işlar vazirligi akademiyasi magistraturasida boşqaruv kadrlari tayyorlaşning zamonaviy yondaşuvlari amaliyotga joriy qilingan.
Ayni kunlarda magistraturaning “taşkiliy-taktik boşqaruv” va “taşkiliy-strategik boşqaruv” mutaxassislik yönalişlarida ta’lim olayotgan tinglovçilar uçun “içki işlar organlarining kadrlar bilan işlaş faoliyatini boşqariş” hamda “içki işlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlaş faoliyatini taşkil etiş” öquv modullaridan dastlabki imtihonlar bölib ötmoqda.
Aytiş joizki, öquv modullari doirasida tinglovçilar ma’naviy-ma’rifiy işlar va qadrlar bilan ta’minlaş faoliyatini taşkil etiş, içki işlar organlari xodimlarning kasbiy madaniyati va xizmat intizomi, boşqaruvda axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi, Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi, zamonaviy davlat boşqaruvi, jamoat tartibini saqlaş faoliyatini boşqariş, huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini boşqariş, ilmiy va amaliy tadqiqotlar metodologiyasi, boşqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi, ma’muriy javobgarlikni ta’minlaş faoliyatini boşqariş fanlari ta’lim oldilar.
Bundan taşqari, Jazoni ijro etiş departamenti 1-mintaqaviy hudud 13-sonli jazoni ijro etiş koloniyasi, Jamoat xavfsizligi departamenti Muvofiqlaştiriş va monitoring qiliş markazi, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlaş departamenti hamda Toşkent şahar IIBB Situatsion markazida sayyor maşğulot taşkil qilindi.
Içki işlar vazirligi sohaviy xizmatlari rahbarlari, akademiya kafedra boşliqlari va tajribali professor-öqituvçilar iştirokida ötkazilayotgan imtihon jarayonida har bir tinglovçining bilimi xolisona baholanib, fanlarni özlaştiriş körsatkiçi monitoring qilinmoqda. Tahlil natijalari asosida ta’lim sifati va öqitiş metodikasini takomillaştiriş yuzasidan tegişli vazifalar belgilab olinmoqda.
Öquv rejasiga köra, imtihonlar 19-oktyabrga qadar davom etadi, şundan söng tinglovçilar amaliyotga jalb qilinadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati