Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Maqsad – mahallalarda osoyishtalikni qaror toptirish

31 Yanvar 2026, 19:27

43

Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish – bugunning eng dolzarb talabi. Bu boradagi ustuvor vazifalar ijrosi faoliyatga yanada mas’uliyat bilan yondashishni talab etmoqda.

IIV akademiyasiga biriktirilgan hududlar qatorida Navoiy viloyatining Karmana, Qiziltepa, Nurota, Uchquduq hamda boshqa tuman va shaharlarida uch yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan mahallalar ham bor.

Prezidentimizning joriy yil 5 yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan ushbu mahallalarda keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi.

Birinchi navbatda, akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan joylarda uchrashuvlar tashkil etilib, davlatimiz rahbari qarorining mazmun-mohiyati va talablari tushuntirildi. “Mahalla yettiligi”ning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida tizim xodimlari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, mahallalarning kriminogen vaziyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan “yo‘l xarita”lar shakllantirildi. Bunda ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, oila-turmush doirasida hamda ayollar va yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning barvaqt oldini olish, aholi bilan manzilli ishlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar davomida huquqbuzarliklar ko‘p sodir etilayotgan hududlar belgilab olinib, qo‘shimcha kuch-vositalarni yo‘naltirish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish, zamonaviy kameralar va tashvish tugmalarini o‘rnatish orqali jinoyatlarni keskin kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Akademiya ishchi guruhi vakili, podpolkovnik Normurod Bekmurodovning aytishicha, har bir hududga boy ilmiy-amaliy tajribaga ega professor-o‘qituvchilar jalb qilingan. Ular tomonidan mahallalarning “qizil” toifada qolayotgani sabablari, sodir etilgan huquqbuzarliklarning asl omillari ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilinmoqda. Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq qilish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech