Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Markaz faoliyati o‘rganildi

31 Yanvar 2026, 20:22

52

Yunusobod tumanidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi keng qamrovli faoliyat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan maskan sanaladi.

IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchilari ushbu markazda bo‘lib, uning faoliyatini yaqindan o‘rgandilar.

Tanishuv chog‘ida maskan tarbiyalanuvchilariga har tomonlama yordam ko‘rsatish, ularning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasini ta’minlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shu kuni tinglovchilar maskandagi bolalar bilan samimiy suhbat qurdilar. Markaz faoliyatini takomillashtirish, voyaga yetmaganlar bilan ishlashda kompleks yondashuvlarni tatbiq qilish, profilaktika ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga amaliy tavsiyalar berdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech