Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Mas’ullar mas’uliyatni his qilsa, natijadorlik yanada oşadi

8 Sentyabr 2025, 20:36

990

Poytaxtimizning Mirzo Uluğbek tumanida mahallalarni jinoyatçilikdan xoli hududga aylantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Unda mutasaddi rahbarlar, “mahalla yettiligi” tizimi vakillari, hududlarga biriktirilgan IIV akademiyasi mas’ullari va boşqalar qatnaşdi.

Işçan ruhda ötgan yiğilişda davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ijrosi muhokama qilindi.

Sözga çiqqanlar qarorda belgilab berilgan ustuvor vazifalar mahallalarning kriminogen vaziyatini barqarorlaştiriş, aholi bilan manzilli işlaş orqali huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, bu boradagi işlarni hamjihatlikda taşkil etişda dolzarb ahamiyat kasb etganini ta’kidlab ötişdi.

Yiğilişda qaror asosida işlab çiqilgan “yöl xarita”lar ijrosi tahliliy ruhda körib çiqildi. Yöl qöyilayotgan kamçiliklar aytib ötilib, mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, jinoyatçilik omillarini kamaytiriş, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oşiriş va boşqa muhim yönalişlar yuzasidan mas’ullarga tegişli vazifalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech