Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Matonatli qizlar bellashuvi

23 Fevral 2024, 07:02

671

Yurtimizda millatimiz davomchilari bo‘lmish qizlarni ilmu ma’rifatli, sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazish ustuvor maqsadlardan sanaladi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Matonatli qizlar” festivali bo‘lib o‘tdi. “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida tashkil qilingan tadbirda kunduzgi ta’lim kursantlari ishtirok etdi.

Festival doirasida yoshlarning intellektual salohiyati, jismoniy va jangovar tayyorgarligini yuksaltirishga qaratilgan turli bellashuvlar o‘tkazildi. Yakunda eng mahoratli qizlar munosiblar qatoridan o‘rin egalladi.

Jumladan, stol tennisi bahslarida Munira Suyundiqova, Odina Abdurashidova, jangovar qurollarni qismlarga ajratish va yig‘ishda Dilnoza Jumanazarova, Karomat Davletova, voleybol musobaqasida esa 2-o‘quv kursi qizlari g‘olib bo‘ldi.

Besh kun davom etgan festival “Yangi O‘zbekistonning fidoyi qizlari” ko‘rik-tanlovi bilan yakunlandi. Uch shartdan iborat bellashuvda 1-o‘quv kursining “To‘maris izdoshlari” jamoasi birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Tadbir so‘nggida festival g‘oliblari, faol ishtirokchilar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech