IIV akademiyasi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 105-son alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatda tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda xalqimizga xos mehr-oqibat, bag‘rikenglik, insonparvarlik, o‘zgalar holidan xabar olish, muhtojlarga yordam ko‘rsatish singari oliyjanob fazilatlar bo‘y ko‘rsatdi.
Akademiya badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan tayyorlangan dastur milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish bilan bir qatorda, bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Jo‘shqin kuy-qo‘shiqlarga maskanning jonkuyar pedagog va tarbiyachilari ham jo‘r bo‘lishdi.
Shu kuni orkestr jamoasi tomonidan Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan musiqali chiqishlar namoyish qilindi. Eng muhimi, yig‘ilganlar “Xalq va armiya – bir tan-u bir jon” shiori ostida birlashdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati