Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Millat fidoyilariga ehtirom

2 Sentyabr 2026, 19:53

97

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Shu kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari el-yurt osoyishtaligi yo‘lida aziz jonini fido qilgan qahramonlarimiz xotirasini yod etib, “Millat fidoyilari” monumenti poyiga gulchambar qo‘ydilar.

Tadbir davomida mustaqilligimizni asrash, sarhadlarimizni himoya qilish, xalqimizning osuda hayotini ta’minlash uchun ulkan mardlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, burchga sadoqati, fidoyiligi va vatanparvarligi bilan o‘zidan o‘chmas nom qoldirgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining umr yo‘li haqida ma’lumotlar berildi.

Ularning hayoti va so‘nmas jasoratini keng targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilishi aytib o‘tildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech