Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Mintaqaviy kiberxavfsizlik darajasini oşirişda muhim qadam

16 Avgust 2025, 16:40

1492

10–15-avgust kunlari IIV akademiyasida Tojikiston IIVning Duşanbe şahri böyiça boşqarmasi boşliği örinbosari, militsiya polkovnigi Fayzali Saydalizoda boşçiligidagi delegatsiya a’zolari uçun maxsus öquv maşğulotlari taşkil etildi.

Akademiyaning malakali professor-öqituvçilari, tajribali amaliyot xodimlar tomonidan olib borilgan maşğulotlarda kiberjinoyatlarning tahdid kölami, ularga qarşi kuraşiş faoliyatini zamonaviy uslubda taşkil etiş, raqamli texnologiyalar vositasida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilişning öziga xos jihatlari keng yoritildi. Şuningdek, axborot tizimidan foydalanib sodir etilayotgan firibgarlik va öğrilik jinoyatlarini tergov qilişda isbotlanişi lozim bölgan holatlar hamda tergov jarayonida qöllaniladigan ilğor metodlar böyiça amaliy bilimlar berildi.

Öquv maşğulotlaridan söng tojikistonlik hamkasblar IIV akademiyasining öquv-tarbiya jarayoni, ilmiy-tadqiqot işlari va xalqaro hamkorlik yönalişlari bilan yaqindan tanişdilar. Ularga oliygohning maqsad va vazifalari, içki işlar organlari uçun yuqori malakali rahbar kadrlar tayyorlaşdagi ustuvor yönalişlar hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan ilğor pedagogik texnologiyalar haqida ma’lumot berildi.

Delegatsiya a’zolari Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Akademiya tarixi muzeyi va “Vatanparvarlik burçagi”dagi ekspozitsiyalarni közdan keçirdi. Zamonaviy sport inşootlari, amaliy maşğulot maydonlari mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

Tomonlar yoş avlodni nafaqat professional bilim va könikmalarga ega mutaxassis, balki yurt şa’nini xalqaro maydonlarda munosib himoya qila oladigan barkamol şaxs sifatida tarbiyalaş masalalarida fikr almaşdilar. Sönggi yillarda IIV akademiyasida amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar, kursant va tinglovçilar uçun yaratilgan qulay infratuzilma hamda xalqaro tajriba almaşişning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Muxtasar aytganda, mazkur öquv maşğulotlari ikki davlat huquq-tartibot organlari örtasida tajriba almaşiş, axborot xavfsizligini mustahkamlaş va mintaqaviy kiberxavfsizlik darajasini oşirişda muhim qadam böldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech