Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

19 Oktyabr 2026, 23:01

54

Mobil malaka oshirish kursi yo‘lga qo‘yildi

Andijon viloyatida ichki ishlar organlari va milliy gvardiyaning o‘rta bo‘g‘in rahbarlari hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimi xodimlari uchun mobil kasbiy malaka oshirish kursi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tizim Prezidentimizning “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida xodimlarning zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga mos kasbiy bilim, amaliy ko‘nikma hamda boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

O‘quv dasturida “Jamoat xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar: ichki ishlar va milliy gvardiya organlarining ustuvor vazifalari”, “Xizmat yuklamasini boshqarish va shaxsiy tarkibning psixologik barqarorligini saqlash”, “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va kasb odobiga rioya etilishini ta’minlash”, “Inqirozli vaziyatlarda rahbarning jamoatchilik bilan muloqoti”, “Faoliyatni rejalashtirish va boshqarishda geoaxborot tizimlari hamda raqamli tahlildan foydalanish”, “Xalq bilan muloqotda ishonch muhitini yaratish va “xavfsiz mahalla” tamoyilini hayotga tatbiq etish”, “Yoshlar, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla faollari bilan hamkorlik” hamda boshqa dolzarb mavzular qamrab olingan.

Mashg‘ulotlar Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Malaka oshirish instituti, Jamoat xavfsizligi universitetining ilmiy-amaliy salohiyatga ega professor-o‘qituvchilari, shuningdek Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya markaziy apparati vakillari tomonidan olib borilmoqda.

Aytish joizki, mashg‘ulotlar davomida xodimlarning intellektual salohiyati va aqliy qobiliyat ko‘rsatkichini (IQ) aniqlash, nostandart va ekstremal vaziyatlarda to‘g‘ri va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini baholashga qaratilgan kompleks psixologik hamda kasbiy diagnostika tadbirlari ham tashkil etiladi. O‘quv kursi yakuni bo‘yicha sinovlar qabul qilinib, xodimlarga tegishli sertifikatlar beriladi. O‘z navbatida, yuqori natija ko‘rsatgan xodimlardan rahbarlik lavozimlariga nomzod kadrlar zaxirasini shakllantirish ko‘zda tutilgan.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech