Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Moldova delegatsiyasi bilan uchrashuv

05 Dekabr 2025, 06:12

105

IIV akademiyasida Moldova Ichki ishlar vazirligi Politsiya bosh inspeksiyasining Odam savdosiga qarshi kurashish markazi rahbari Vitaliy Pshenichniy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston – Moldova munosabatlarining bugungi holati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar idoralararo aloqalarni faollashtirish, transchegaraviy jinoyatlarga qarshi kurashishda amaliy hamkorlik va tajriba almashinuvini kengaytirish zarurligini ta’kidlab, manfaatli yo‘nalishlarda muhim chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Shu kuni delegatsiya a’zolari axborot-resurs markazida bo‘lib, tizim uchun yuqori kadrlar tayyorlash maqsadida o‘quv jarayonlariga tatbiq qilingan ilg‘or yondashuvlar bilan tanishdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech