Ta’limni zamonaviy talab va yondaşuvlar asosida taşkil etiş malakali kadrlar tayyorlaşning hal qiluvçi omili sanaladi.
IIV Akademiyasining Sirtqi ta’lim fakultetida öquv jarayonlari yildan-yilga takomillaşib bormoqda. Ayniqsa, maşğulotlarning interfaol yondaşuvlar asosida olib borilayotgani ta’lim oluvçilarga qulayliklar yaratmoqda.
Jumladan, joriy öquv yilidan boşlab maşğulotlar akademiya bazasida taşkil etilmoqda. Yangi mexanizmga köra, har bir semestrning dastlabki uç haftasida nazariy maşğulotlar ötiladi. Oraliq vaqt mobaynida tinglovçilarning mustaqil özlaştirişi uçun muddat beriladi. Semestr yakunida esa ular imtihon topşiradilar.
Bu örinda “Moodle” elektron ta’lim platformasining joriy qilinganini ham alohida ta’kidlaş joiz. Mutaxassislarning aytişiça, tizim orqali tinglovçilar bilan interaktiv muloqot örnatiş, ularni zarur öquv materiallari bilan ta’minlaş, öquv jarayonidagi yangiliklar bilan taniştirib boriş, mustaqil tayyorgarlik jarayonlarini nazorat qiliş mumkin.
Ayni kunlarda fakultetning 1-öquv kursida yakuniy nazorat imtihonlari bölib ötmoqda. Tinglovçilar jinoyat huquqi, huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati, ma’muriy huquq, içki işlar organlarining ma’muriy faoliyati, davlat va huquq nazariyasi fanlaridan test sinovlari, xorijiy tillar böyiça oğzaki şaklda imtihon topşiryaptilar.
Bir söz bilan aytganda, ta’limdagi yangiliklar nafaqat samaradorlikni oşirişga, balki har bir jarayonning oçiq va şaffof ötişiga ham xizmat qilmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati