Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

“Muloqot klubi” doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

18 May 2026, 20:37

90

IIV akademiyasida Tezkor qidiruv departamenti bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil qilindi.

Unda departamentning Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i A. Qurbonov, ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari va kunduzgi ta’limning 2- kurs kursantlari qatnashdi.

Uchrashuvda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar, ushbu turdagi illatlarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar, erishilayotgan natijalar, yoshlar o‘rtasida narkojinoyatlarning oldini olishdagi dolzarb vazifalar haqida fikr almashildi.

Departament vakili giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning o‘smir-yoshlar orasida keng tarqalayotganiga sabab bo‘layotgan asosiy muammolarga to‘xtaldi. Keyingi paytlarda ushbu toifadagi shaxslar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar va ularning omillarini statistik ma’mulotlar asosida tahlil qildi. Narkojinoyatlarga qarshi kurashish, ayniqsa tezkor qidiruv va profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari haqida kursantlarga tavsiyalar berdi.

Tadbir davomida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech