Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Muloqot”da dolzarb mavzu

17 May 2025, 12:05

205

IIV akademiyasida “Radikalizm, ekstremizm va terrorizmdan ogohlik – davr talabi” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi tomonidan “Muloqot” klubi doirasida tashkil qilingan tadbirda bir guruh kursantlar va professor-o‘qtuvchilar ishtirok etdi.

Vazirlik huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Tezkor-qidiruv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Shukurov so‘z olib, terrorizmni oziqlantiruvchi omillar, radikalizm va ekstremizmning jamiyat uchun tahdidi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini buzishga qaratilgan ushbu illatlarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini samarali tashkil qilish usullari haqida to‘xtaldi.

Tajribali xodim tadbir so‘nggida kursantlarni qiziqtirgan savollarga javob berib, foydali tavsiyalarini ulashdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech