Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Navbatdagi sayyor maşğulotlar Qaşqadaryoda taşkil etildi

4 Iyul 2024, 21:15

2400

IIV akademiyasi professor-öqituvçilari tomonidan Qarşi va Şahrisabz şaharlarining kriminogen vaziyati oğir bölgan mahallalarida manzilli işlar olib borildi.

Işçi guruh Qarşi şahrining “Qarliqxona” va “Eski anhor” hamda Şahrisabz şahrining “Ipak yuli”, “Galaba”, “Pillaçilik” va “Xabarlik” mahallarining kriminogen vaziyatini örganib çiqdilar.

Örganiş davomida hududlarning “Ijtimoiy profilaktika” tizimini natijadorligi va manzilliligini keskin oşiriş hamda aholining ijtimoiy maişiy muammolarini bartaraf etiş hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlar belgilab olindi.

Işçi guruh tomonidan Qarşi va Şahrisabz şaharlarida taşkil etilgan seminar-treningda hududlarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oşiriş, ijtimoiy profilaktikaning mazmun-mohiyati, fuqarolar bilan işlaşda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş mexanizmlari, “mahalla yettiligi” vakillarining ijtimoiy profilaktika ob’ektlari bilan amalga oşiradigan çora-tadbirlari, şuningdek, faoliyatga oid hujjatlarni yuritiş tartibi batafsil tuşuntirilib ötildi.

Maşğulotlar yakunida mahalla yettiligi a’zolarining olgan bilim va könikmalarini aniqlaş maqsadida test sinovlari olinadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech