IIV akademiyasida bahorning eng go‘zal va qadimiy bayramlaridan biri bo‘lgan Navro‘z ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Bayram dasturi milliy an’ana va qadriyatlarni keng targ‘ib etgan holda tashkil etildi. Tadbir doirasida kursant qizlar o‘rtasida “Balli qizlar” tanlovi, pazandalik, bayramona soch turmaklash hamda oshpazlik yo‘nalishlarida qiziqarli musobaqalar o‘tkazildi.
Ishtirokchilar tomonidan bezatilgan bayramona dasturxonlarda milliy taomlar va urf-odatlar namoyon etildi, akademiya badiiy havaskorlik jamoasining kuy-qo‘shiqlari esa tadbirga o‘zgacha fayz va shukuh bag‘ishladi.
Tadbir so‘ngida musobaqa g‘oliblari munosib taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati