IIV Akademiyasi professor-öqituvçilari va Farğona viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi xodimlaridan iborat işçi guruh “Danğara”, “Beşariq”, “Özbekiston” va “Furqat” tumanlari mahallarining kriminogen vaziyatini örganib çiqdilar.
Örganiş davomida hududlarning “Ijtimoiy profilaktika” tizimini natijadorligi va manzilliligini keskin oşiriş, "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratiş hamda aholining ijtimoiy-maişiy muammolarini bartaraf etiş hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlar belgilab olindi.
Işçi guruh tomonidan “mahalla yettiligi” vakillariga sodir etilişi mumkin bölgan jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilişiga imkon beradigan şart-şaroitlarni aniqlaş, hududlarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oşiriş, ijtimoiy profilaktikaning mazmun-mohiyati, şuningdek, faoliyatga oid hujjatlarni yuritiş tartibi yuzasidan batafsil tuşuntirişlar berildi.
Farğona viloyati böyiça olib borilayotgan örganişlar davom etmoqda.
IIV akademiyasi Axborot xizmati