Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ochiq va samarali muloqot

13 Avgust 2026, 22:14

20

Yoshlar kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni o‘quv muassasasi rahbari Rustam Xatamov Rossiyaning turdosh oliygohlarida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan samimiy muloqot qildi.

Uchrashuvda yoshlar uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z bordi. Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygani, ilg‘or bilimli, vatanparvar va fidoyi yoshlar Yangi O‘zbekistonning ertangi kelajagi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Akademiya boshlig‘i yoshlarga murojaat qilib, ularni puxta ta’lim olishga, yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishga, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga da’vat qildi. Keyingi yillarda ichki ishlar organlari mutlaqo yangi qiyofa kasb etib, soha faoliyati inson qadrini ulug‘lash va xalq manfaatlariga xizmat qilishdek ulug‘vor maqsadga yo‘naltirilgani, tizimga kirib kelayotgan yosh xodimlar yuksak daxldorlik hissi bilan ona Vatanimizga xizmat qilishi kerakligi qayd etildi.

Tadbirda kursantlar so‘zga chiqib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan amaliy ishlarni e’tirof etdilar. Shu bilan birga, ta’lim sohasida o‘zbekistonlik va rossiyalik yoshlar o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish, ilmiy va intellektual tanlovlar qamrovini oshirish, akademiyada yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or yondashuvlarni MDH miqyosida ommalashtirish borasida o‘z takliflarini ilgari surdilar.

Uchrashuv davomida ularga akademiya faoliyatida ro‘y berayotgan yangilanishlar, ta’lim sifatini oshirish maqsadida barpo etilayotgan zamonaviy inshootlar, kursantlarning turli yo‘nalishlarda erishayotgan yutuqlari haqida ma’lumot berildi.

O‘z navbatida, yurtimiz yoshlari ta’lim muassasasida tashkil qilingan o‘quv yig‘ini uchun minnatdorlik bildirdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech