Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Oila qonunçiligini takomillaştiriş istiqbollari

30 May 2024, 22:55

2550

Içki işlar vazirligi akademiyasida ötkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ayni mavzuga bağişlandi.

Unda sud-huquq tizimi vakillari, ekspert va mutaxassislar, yurtimizning yetakçi oliy ta’lim muassasalari olimlari, akademiya professor-öqituvçilari, yoş tadqiqotçilar hamda kursantlar iştirok etdi. 

Öquv dargohi boşliğining birinçi örinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Baxtiyor Rajabov söz olib, mamlakatimizda oila institutining huquqiy asoslarini mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarga töxtaldi.

Ilmiy-amaliy anjumanda dolzarb mavzu qizğin muhokama qilindi. Soha mutaxassislarining “Oilaviy munosabatlarda er-xotin mas’uliyatini huquqiy ta’minlaş masalalari”, “Nikoh tuziş tartibi: milliy va xorijiy tajriba”, “Oila sudyalari” oilaviy nizolar sonini kamaytirişga xizmat qiluvçi kafolatdir”, “Oilaviy munosabatlarda farzandlar ta’lim oliş huquqining kafolatlanişi”, “Oilalar barqarorligini ta’minlaşning taşkiliy-huquqiy mexanizmlari”, “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlarida oilaviy munosabatlariga doir yuridik faktlarni qayd etiş masalalari”, “Ayrim toifadagi oilalarga yer uçastkalarining ajratilişi – bugungi kun talabi” mavzularidagi ma’ruzasi tinglandi.

Muhokama markazidagi masalalar, bildirilgan fikr-mulohazalar asosida oila institutini rivojlantirişga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar işlab çiqildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech