Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Oiladagi muhit jamiyat farovonligini ta’minlaydi

20 Mart 2026, 18:38

101

IIV akademiyasi ishchi guruhi vakillari poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Elobod”, “Shahrisabz” va “Sayram” mahallalarida bo‘ldi.

O‘rganishlar chog‘ida Prezidentimizning joriy yil 5-yanvardagi qarorlari asosida mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari Nasiba Turg‘unova mahalla raisi boshchiligidagi “yettilik” tizimi xodimlari hamda hududlarga biriktirilgan professor-o‘qituvchilar bilan muloqot qilib, oila-turmush doirasidagi jinoyatchilik ahvoli yuzasidan fikr almashdi.

Oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish, ayollar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning asl omillarini ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish, ularni barataf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish borasida vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek o‘rganishlar davomida “yo‘l xarita”lar ijrosi ham muhokama qilinib, mahallalarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash zarurligi qayd etildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech