Içki işlar vazirligi akademiyasida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) Feruza Eşmatova iştirokida maşğulot taşkil etildi.
Unda Ombudsman institutining asosiy faoliyat yönalişlari, mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan keng qamrovli işlar xususida söz bordi.
Feruza Eşmatova MDH miqyosda birinçilardan bölib Özbekistonda joriy qilingan uşbu institut hozirda nufuzli xalqaro taşkilotlarning tölaqonli a’zosi ekanligiga urğu berdi. Keyingi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat sifatida e’tirof etilib, sohada izçil islohotlar amalga oşirilayotgani, yangilangan Konstitutsiyamizda Ombudsman institutining vakolatlari yanada kengaygani ta’kidlandi. Tub özgarişlar natijasida institut fuqarolar huquqlarini kafolatlaşda davlat va jamiyat örtasida öziga xos köprikka aylangani qayd etildi.
Davra suhbatida Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari tomonidan aholi murojaatlari bilan işlaş borasidagi işlar haqida ma’lumot berildi. Jamiyatda inson qadrini uluğlaşga qaratilgan islohotlar barça sohalar qatori, içki işlar organlari xodimlaridan faoliyatni xalqçil mexanizmlar asosida taşkil qilişni taqozo etayotgani aytib ötildi. Bu borada yeçimini kutayotgan ayrim masalalar, tizim rahbarlari oldida turgan ustuvor talab va vazifalar yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
Şu kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili akademiya rahbari Rustam Xatamov bilan muloqot qildi. Uçraşuvda özaro hamkorlikni yanada mustahkamlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Içki işlar organlari tizimida aholi bilan yaqin hamkorlikda işlaşga yönaltirilgan yangi tizim amaliyotga tatbiq qilingani, tizimning quyi böğinlari faoliyatini yanada takomillaştiriş muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Tomonlar Ombudsman instituti bilan hamkorlikda ta’lim oluvçilar va amaliyot xodimlari uçun dolzarb yönalişlarda öquv kurslari taşkil etişga kelişib oldilar.
Uçraşuv sönggida Feruza Eşmatova zamonaviy ta’lim jarayonlari, soha uçun boşqaruv kadrlarini tayyorlaşning öziga xos yondaşuvlariga ijobiy baho berdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati