Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ona tilim – faxrim, g‘ururim!

20 Oktyabr 2026, 18:57

91

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari o‘rtasida “Ona tilim – faxrim, g‘ururim!” mavzuida insholar tanlovi tashkil etildi.

Ona tilimizning nufuzini oshirish, yosh avlodni boy madaniy merosimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilgan tanlovda ijodiy jarayon uchun 80 daqiqa ajratildi.

Hakamlar hay’ati tomonidan har bir ijodiy ish belgilangan qoida va me’yorlar asosida 100 ballik tizimda baholandi. Shunga ko‘ra, 1-kursdan Hamidjon Eshquvvatov, 2-kursdan Ruxshona Mirodilova hamda 3-kursdan Shohrux Ne’matov eng yuqori ball olib, tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech