Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Tilga e’tibor ma’naviy qiyofamizni ko‘rsatadi

20 Oktyabr 2026, 20:24

81

IIV akademiyasida “Ona tili – milliy g‘urur va ma’naviy qadriyatlar poydevori” mavzuiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ijodkor ziyolilar, professor-o‘qituvchilar va kursant qizlar ishtirokida o‘tgan tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Ozoda Bekmurodova so‘z olib, o‘zbek tilini asrab-avaylash masalalariga to‘xtaldi.

Aytib o‘tilganidek, bugungi globallashuv davrida yoshlarni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhi bilan tarbiyalash dolzarb vazifaga aylanmoqda. Bunday sharoitda o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi nufuzini yanada oshirish, til madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarixiy tafakkur bilan qurollantirish nihoyatda zarur. Zero, milliy o‘zligini chuqur anglagan yoshlar ona Vatan taqdiriga daxldor fidoyi inson bo‘lib yetishadi.

Tadbirda davlat tilining mavqeini yuksaltirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, o‘zbek tili me’yorlariga rioya qilish, uning jozibadorligini asrash borasidagi ayrim muammolar, yangi zamon yoshlarida tilga e’tibor masalalari haqida so‘z bordi. Ona tilimizni millatimizning bebaho boyligi sifatida e’zozlash va qadrini hamisha ulug‘lash har bir yurtdoshimizning ma’naviy burchi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir iste’dodli shoiraning ijod namunalaridan aytilgan she’rlar bilan davom etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech