Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning samarali yo‘lga qo‘yilgani kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Rossiya Federatsiya IIV Ufa yuridik instituti bilan bigalikda onlayn mashg‘ulot tashkil etildi. O‘zaro hamkorlik memorandumi asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotda Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati kafedrasi o‘qituvchilari hamda kursuntlar ishtirok etdi.
Xorijlik mutaxassis tomonidan muloqotning psixologik qonuniyatlari, asosiy funksiyalari, muloqot jarayonida yuzaga keladigan to‘siqlar, verbal va noverbal muloqot shakllari, samarali axborot almashinuviga ta’sir etuvchi psixologik omillar, shaxslararo munosabatlarda uchraydigan stereotiplar va noto‘g‘ri qabul qilish holatlari batafsil yoritildi.
Kursantlar mavzu yuzasidan bilimlarini oshirib, ichki ishlar organlari tizimida psixologik xizmatning ahamiyati to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati