Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Oqila ayollardan motivatsiya

27 Avgust 2026, 21:36

126

Yoshlar kuni munosabati bilan IIV O‘quv-dala markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil qilindi.

Tadbirda Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Umida Abdullayeva, Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining 1-mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – markaz boshlig‘i Shahnoza Sodiqova, akademiya 1-o‘quv kursining kursant qizlari va saf qismi ofitserlari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga to‘xtalib o‘tishdi.

Bu boradagi islohotlar barcha sohalar singari ichki ishlar organlarida ham o‘zining amaliy samarasini ko‘rsatayotgani, keyingi yillarda tizimning turli bo‘g‘inlarida ayol xodimlar safi sezilarli darajada oshgani, ular orasida rahbarlik mas’uliyatini munosib uddalab kelayotgan fidoyi va jonkuyar ayollar ko‘pligi alohida ta’kidlandi.

Samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbirda yoshlarning ta’lim, olishi, orzuyidagi kasbni egallashi, o‘z iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, kelajakda jamiyatning munosib a’zosi bo‘lib shakllanishi uchun yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlar e’tirof etildi. Kursant qizlarga hayotda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida tavsiya va maslahatlar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech