Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

O‘QUV-DALA MARKAZIDA KITOB YARMARKASI

26 Sentyabr 2021, 05:09

615

Intellektual salohiyatni rivojlantirishning birdan-bir yo‘li – bu kitob o‘qish. Yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan havasini kuchaytirish, ularga munosib shart-sharoitlar yaratib berish jamiyatning maʼnaviy darajasini yuksaltiradi.

IIV O‘quv-dala markazida tashkil etilgan galdagi kitob yarmarkasi ayni shu maqsadga xizmat qildi. Yarmarkada badiiy asarlar bilan bir qatorda, huquqiy sohaga oid adabiyotlar ham savdoga qo‘yildi. Kursantlar o‘z qiziqish va ehtiyojlariga qarab shaxsiy kutubxonalarini yangi turdagi kitoblar bilan boyitdilar.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar va ofitserlar ham faol qatnashdilar.

 

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech