Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

O‘quvchilar akademiyada o‘qish istagini bildirdi

26 Mart 2026, 20:30

80

IIV akademiyasida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” o‘quvchilarni kelajak maqsadlari haqida jiddiy o‘ylashga undadi.

Zangiota tumanidagi 1-son umumta’lim maktabi vakillari ishtirokida o‘tgan tadbirda o‘quvchilar akademiya hayoti bilan yaqindan tanishdi. Ularga o‘quv dargohining maqsad va vazifalari, faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Zamonaviy o‘quv xonalari, sport majmuasi, saf maydoni, amaliy mashg‘ulot maydonchalari, kursantlar yotoqxonasi va boshqa maskanlarni ko‘zdan kechirgan yoshlar ichki ishlar organlari uchun professional kadrlar tayyorlash jarayonlariga guvoh bo‘lishdi.

Bundan tashqari, ular uchun Harbiy tayyorgarlik kafedrasida qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, ma’naviyat va ma’rifat markazida “Hayot akademiyasi” filmi namoyish etildi.

Qiziqarli sayohatlarga boy o‘tgan tadbir yakunida ko‘plab o‘quvchilar akademiyada ta’lim olish istagini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech