Şu kunlarda IIV akademiyasi professor-öqituvçilari Namangan, Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida bölib, kriminogen vaziyatni kompleks tarzda örganişmoqda.
Xizmat safari davomida hududlardagi otaliqqa olingan maktablarda huquqiy tarğibot tadbirlari ötkazildi. Bitiruvçi sinf öquvçilari iştirokida taşkil etilgan tadbirlarda yurtimiz yoşlari uçun yaratilgan ulkan imkoniyatlar, oliy ta’limga qamrov darajasini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar yuzasidan muloqot qilindi. Şuningdek, öquvçilar bilan monitoring ötkazilib, ularning kasbiy qiziqişi va qobiliyati öganildi.
Yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, ularni huquqbuzarlik va boşqa salbiy illatlardan asraş, böş vaqtini mazmunli taşkil etişda ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ana şu maqsadda akademiya vakillari taşabbusi bilan “Içki işlar sohasiga qiziqasizmi?” mavzuida motivatsion uçraşuvlar, “Zakovat”, “Huquq bilimdoni” intellektual öyinlari, şuningdek, minifutbol, voleybol, erkin kuraş, şaxmat va şaşka böyiça musobaqalar ham uyuştirildi.
Muhimi, öquvçilarni bilim va kasb-hunarga qiziqtiriş, ularning yurtga daxldorligi va vatanparvarligini yuksaltiriş, huquqiy ongi va madaniyatini oşiriş maqsadida ötkazilayotgan bu kabi tadbirlar izçil davom ettirilyapti. Bu esa yoşlarning kelgusidagi hayotida muhim poydevor bölişi, şubhasiz.
IIV akademiyasi Axborot xizmati