Içki işlar vazirligi akademiyasida özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Tilşunos olimlar, tadqiqotçilar, turdoş oliy ta’lim muassasalari vakillari, Özbek tili va xorijiy tillar kafedrasi professor-öqituvçilari va kursantlar iştirok etgan anjumanda ona tilimizning tarixi, rivojlanişi hamda bugungi kundagi ahamiyati xususda atrofliça fikr almaşildi.
Tadbirda özbek tilining davlat tili sifatidagi obröyi va nufuzini yuksaltiriş, mamlakatimizda davlat tilida iş yuritişni yanada takomillaştiriş borasida amalga oşirilayotgan ezgu işlar e’tirof etildi. “Ona tili – umummillat mulki”, “Milliy özlik va ğurur timsoli”, “Qadring baland bölsin, ona tilim!”, “Özbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini oşiriş – taraqqiyotimiz omili” mavzuidagi ma’ruzalar tinglandi. Til va tilşunoslik masalalarida erişilayotgan yutuqlar, kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
– Millat ma’naviyatida ona tilining örni bor. Şu bois, özbek tili xalqimiz uçun milliy özligimiz va mustaqil davlatçilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyat ekanligini har birimiz, ayniqsa yoş avlod bilişi kerak, – deydi Özbek tili va xorijiy tillar kafedrasi boşliği Anvar Kurganov.
Anjuman doirasida yuridik atamalarning imlo va izohli luğatlari taqdimoti ham ötkazildi. Sözga çiqqanlar yangi naşrlar ixtisoslaşgan oliy öquv muassasalarida ta’lim olayotgan yoşlar uçun foydali qöllanma bölib xizmat qilişini ta’kidlab ötdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati