Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

O‘zbekiston chempionati bahslari yakunlandi

30 Yanvar 2026, 10:30

88

Avval xabar berganimizdek, 23–29-yanvar kunlari poytaxtimizda voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy liga bahslarining 1-turi bo‘lib o‘tdi.

“Olimpiya shaharchasi” hamda “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmualari mezbonlik qilgan musobaqada 17 ta jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda ishtirok etdi.

Musobaqaning “A” guruhidan o‘rin olgan IIV akademiyasi vakillari Andijon davlat texnika instituti (3:0, 3:0), Buxoro davlat pedagogika instituti (3:0, 3:0), “Road Patrul” jamoasi (0:3, 3:1) bilan oltita o‘yin o‘tkazdi.

Umumiy hisobda besh g‘alaba va bir mag‘lubiyat (15 ochko) qayd etgan jamoamiz guruhni “Road Patrul” bilan birga peshqadam sifatida yakunladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech