Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Prezidentimiz qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi

16 Yanvar 2026, 19:13

103

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida mas’ullar, “mahalla yettiligi” tizimi xodimlari hamda IIV akademiyasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbir Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ijrosiga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda so‘z olganlar qarorda nazarda tutilgan vazifalarning dolzarb ahamiyatiga to‘xtalib o‘tishdi. Ta’kidlanganidek, yangi tizim asosida mahallalarda xavfsiz muhit yaratish borasidagi ishlar tubdan yangi bosqichga olib chiqiladi. Endilikda mas’ul rahbarlar zimmasiga o‘z hududlarida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini tashkil etish namunasini yaratish, hududiy “yo‘l xaritalari” bilan belgilangan chora-tadbirlarning to‘laqonli amalga oshirilishini ta’minlash, ijtimoiy profilaktika tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qat’iy shaxsiy javobgarlik yuklanmoqda.

Tadbirda qarorning mazmun-mohiyati, mas’ullar va “mahalla yettiligi” tizimi oldidagi ustuvor vazifalar atroflicha tushuntirildi. Mazkur faoliyatning yaxlit tizim asosida tashkil qilinishi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish orqali aholi roziligiga erishishga xizmat qilishi aytib o‘tildi.

Xuddi shunday tadbir tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ham o‘tkazilib, qaror asosida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, amaliyotga joriy qilinayotgan mexanizmlar, tizimning faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech