Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Psixologik trening foydali bo‘ldi

20 Mart 2026, 18:42

93

IIV akademiyasining Psixologik ta’minlash markazi xodimlari kursantlar uchun psixologik trening o‘tdi.

Treningda o‘qish jarayonida yuzaga keladigan stressli holatlarni bartaraf etish usullari, ruhiyatni barqarorlashtirish va psixologik immunitetni mustahkamlashga e’tibor qaratildi.

Tahlillar natijalari asosida kursantlarga ruhiy zo‘riqishlarning oldini olish, vaziyatni to‘g‘ri baholash orqali tezkor qaror qabul qilish, verbal va noverbal muloqot usullaridan samarali foydalanish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech