Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Psixologlar tajriba almashdilar

26 Sentyabr 2021, 05:09

609

Аkademiyada IIV Qorovul qo‘shinlari qoʼmondonligining yosh psixolog mutaxassislari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. 

“Ichki ishlar tizimida psixologik xizmatni tashkil etish: muammo va yechimlar” mavzuidagi o‘quv-seminarda psixologik xizmatni samarali tashkil etish, shaxsiy tarkib bilan psixodiagnostik, psixoprofilaktik, psixokorreksion mashg‘ulotlar o‘tkazishning afzalliklari, sohaga tatbiq etilayotgan zamonaviy yondashuvlar, bu borada o‘quv dargohi profesor-oʼqituvchilari va ilmiy izlanuvchilari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy qilish istiqbollari xaqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Soha xodimlari zamonaviy psixologiya yutuqlarini ommalashtirish, ichki ishlar organlari xodimlarining ruhiy barqarorligini mustahkamlashning o‘ziga xos metodlari yuzasidan o‘zaro tajriba almashdilar.

Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilari Akademiya shaxsiy tarkibining kasbiy va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, Psixologik taʼminlash markazi, Аkademiya tarixi muzeyi, “Buyuk sohibqiron Аmir Temur” hamda “Turon qoploni Jaloliddin Manguberdi” sinfxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

 

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech